Elektrovelosipedni
texnik holati
Yuridik shaxs: GETNOW MChJ
- STIR: 310169464
- IFUT: 77210 (Ko‘ngil ochish va sport uchun jihozlar ijarasi va lizingi)
- Asosiy faoliyati: Velosiped va elektrovelosipedlarni ijaraga berish.
Bu faoliyat
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va
“Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun bilan kafolatlangan. Bizning asosiy yo‘nalishimiz — ijaraga berish (ijara shartnomalari tuzish orqali) — to‘liq qonuniy va IFUT kodiga mos keladi.
Rent Market elektrovelosipedlari ushbu qarorda belgilangan normalardan ortiq bo'lmagani sababli, haydovchilik guvohnomasi va davlat raqami talab qilinmaydi.
- Maksimal tezlik: 25 km/soat
- Dvigatel quvvati: 240 Vt (0,24 kVt)
- Akkumliyator sig‘imi: 60V/21Ah
- Yuk ko‘tarish: 150 kg
- Og‘irlik: 33 kg
Dvigatelning ish hajmi 25 sm³ va undan ortiq, lekin 50 sm³ dan oshmaydigan; yoki elektr dvigatel quvvati 0,25 kVt dan ortiq, lekin 4 kVt dan oshmaydigan; konstruktiv tezligi soatiga 25 km dan ortiq, lekin 50 km/soatdan oshmaydigan transport vositalari (moped yoki skuter) (bundan keyin “moped/skuter”) uchun maxsus davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, davlat raqami belgisi berish majburiy ekani belgilangan.
Muhim huquqiy jihatlar:VMQ 393 (08.07.2024 y.) — “Foydalanishda bo‘lgan moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom” ga ko‘ra:
- 25 km/soatgacha tezlikka ega vositalar “moped/skuter” toifasiga kirmaydi.
- Dvigatel quvvati 0,25 kVt (250 Vt) dan kam bo‘lsa, ham ro‘yxatga olish talab qilinmaydi.
- Demak "GETNOW MChJ" elektrovelosipedlari (240 Vt, 25 km/soat) davlat ro‘yxatidan o‘tish majburiyatiga kirmaydi.
"GETNOW MChJ" faoliyati haqida
Elektrovelosipedning texnik
tavsifi
393-son qarori (Vaqtinchalik nizom)